
Ba'zi analitiklarning fikricha, Federal zaxira tizimining hozirgi pul-kredit siyosati — xususan, foiz stavkalarini o'zgarishsiz saqlash va kvantitativ qisqartirishni (QT) sekinlashtirish haqidagi qarori — Bitcoin uchun muhim qo'llab-quvvatlovchi omil bo'lishi mumkin. Ularning fikricha, dunyodagi eng yirik kriptovalyuta endi tubga qulashdan qo'rqmasligi mumkin. Biroq bu bahoga hamma ham qo'shilmaydi.
2025-yil 19-mart, chorshanba kuni Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini 4.25%–4.50% oralig'ida o'zgarishsiz qoldirdi. Sabab sifatida davom etayotgan iqtisodiy noaniqlik ko'rsatildi. Bu yangilik yirik kripto bozorlarda biroz ijobiy harakatga sabab bo'ldi.
Shunga qaramay, qarordan so'ng Bitcoin 1.8% ga pasayib, $84,400 darajasiga tushdi. 21-mart, juma kuni BTC $84,150 atrofida savdo qilinmoqda va tor diapazonda harakatlanmoqda.
Fed stavkalarni ushlab turdi, pasaytirish haqida ishora berdi — bu bozorlar uchun nimani anglatadi?
Ko'plab bozor ishtirokchilari Fed'ning bu qarorini kutgan bo'lsa-da, ular yumshoqroq ohang va 2025-yildan boshlab stavka pasaytirishlariga umid qilgan edi. O'z bayonotida Fed yil oxirigacha ikki marta stavka pasaytirishni kutayotganini bildirdi.
Bayonotda Fed quyidagilarni ta'kidladi:
- AQSh iqtisodiyoti o'sishda davom etmoqda.
- Ishsizlik past va barqaror.
- Inflyatsiya hali ham mo'tadil yuqori darajada.
- G'aznachilik obligatsiyalarining oylik sotuv limiti $25 milliarddan $5 milliardgacha kamaytiriladi.
- Ipoteka bilan ta'minlangan qimmatli qog'ozlar limiti $35 milliard darajasida saqlanadi.
Biroq Fed iqtisodiy istiqboldagi noaniqlik oshganini tan oldi va xatarlarni diqqat bilan kuzatishni rejalashtirmoqda. Aprel oyidan boshlab, balansni qisqartirish sur'ati pasaytiriladi:
- G'aznachilik obligatsiyalari bo'yicha oylik limit $25 milliarddan $5 milliardga tushiriladi.
- Ipoteka bilan ta'minlangan aktivlar limiti o'zgarmaydi.
Bu esa kvantitativ qisqartirishni yumshatadi va pul-kredit siyosatining yanada moslashuvchan modeliga o'tish ehtimolini bildiradi. Hozirda analitiklar yil oxirigacha ikki marta stavka pasaytirilishi kutilayotganini keng ko'lamda e'tirof etmoqda.

BitMEX'ning sobiq rahbari Artur Xeys Federal zaxira tizimining aprel oyidan boshlab g'aznachilik obligatsiyalarini sotishni kamaytirishini inobatga olib, kvantitativ qisqartirish (QT) amalda yakunlanganini ta'kidlamoqda. Uning fikricha, bu likvidlik bosimini kamaytirib, kripto va boshqa xavfli aktivlarga ijobiy ta'sir qiladi.
Biroq ITC Crypto bosh direktori Benjamin Cowen bunga qarshi fikrda. U QT hali tamoman to'xtatilmaganini, Fed faqat o'z balansini sekinroq qisqartirishga o'tayotganini aytmoqda — ya'ni oylik likvidlikni chiqarish sur'ati $60 milliarddan $40 milliardga tushirilgan, xolos.
Bozorlar qanday javob bermoqda?
Stavkalar o'zgarishsiz qolgan bo'lsa-da, ularni pasaytirish bo'yicha kutilmalar oshdi. Ayni damda analitiklar may oyida stavkani pasaytirish ehtimolini 16%, iyunda esa 50% dan yuqori deb baholamoqda.
Shunga qaramay, S&P 500 hali ham bosim ostida, ayniqsa savdo ziddiyatlari fonida. Coin Bureau'ning tahlilchisi Nik Pakrin investorlar siyosatning yanada yumshatilishini kutganini ta'kidlab, ammo Fed monetar stimullashni boshlashga shoshmayotganini aytdi.
Mutaxassislar eslatadiki, Fed faqat stavkalar nolga yaqinlashganda agressiv stimullashga o'tadi. Hozircha global likvidlikning o'sishi ehtimoli asosan Xitoy va Yevropadan kelmoqda, AQShdan emas.
Tramp bosim qilmoqda, lekin Pauell chiziqdan chiqmayapti
Prezident Donald Tramp bir necha oydan beri Jerom Pauellni stavkalarni pasaytirishga majburlamoqda, lekin Fed rahbari o'z pozitsiyasida qat'iy turibdi.
Two Prime Digital Assets bosh investitsiya direktori Neytan Koks Trampning savdo urushlari inflyatsiyaga bosim o'tkazayotganini tan oldi, lekin Fed Oq uy tarafidan kelayotgan siyosiy shovqinlarga emas, faqat makroiqtisodiy ma'lumotlarga asoslanishini ta'kidladi.
Agar Fed siyosatni yumshatishga qat'iy kirishsa, kripto bozorlari tezda reaksiyaga kiradi. Bernstein tadqiqot kompaniyasi 2025-yil oxirigacha Bitcoin $200,000 darajasiga yetishini prognoz qilmoqda. Ammo agar iqtisodiy beqarorlik kuchaysa, bu ralli 2026-yilgacha kechikishi mumkin.

Kripto tahlil kompaniyasi CryptoQuant ma'lumotlariga ko'ra, Bitcoin bozoridagi kayfiyat 2023-yil yanvaridan beri kuzatilmagan darajagacha pasaydi. Kompaniyaning Bitcoin Bullish Sentiment Index ko'rsatkichi atigi 20 punktni tashkil etdi — bu so'nggi ikki yildagi eng past daraja bo'lib, barqaror o'sishni qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan minimum chegaradan ancha past.
CryptoQuant ogohlantirishicha, yomonlashayotgan makroiqtisodiy va kriptovalyuta muhiti Bitcoin'ning yaqin kelajakdagi barqaror rallisi ehtimolini kamaytirmoqda.
Tarixan, Bitcoin katta narx o'sishlarini qo'llab-quvvatlash uchun 60 punktdan yuqori sentiment reytingiga muhtoj bo'lgan. 40 punktdan past uzoq muddatli davrlar esa odatda ayiqlar bozori bilan mos kelgan. Agar indeks uzoq vaqt 40 dan pastda qolsa, bu yanada chuqurroq pasayishni bildirishi mumkin.
Bashorat tarmog'i MYRIAD so'rovi ma'lumotlariga ko'ra, respondentlarning 68% Bitcoin keyingi haftagacha $83,000 dan yuqorida qoladi deb hisoblaydi, biroq undan keyin orqaga chekinishni kutmoqda.